16 Dekabr 2022 yil
316
Andijon tumanida o‘tkazilgan sayyor sudda 10 nafar nazoratdagi shaxs muddatidan avval jazolaridan ozod qilindi
Joriy yilning 16-dekabr kuni Andijon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turib, tuzalish yo‘liga o‘tgan 10 nafar nazoratdagi shaxs o‘tkazilgan sayyor sudda jazolaridan muddatidan oldin ozod etildi.
Shuningdek, mehnat yarmarkasi ham tashkil etilib, 3 nafar nazoratdagi shaxslarning bandligi taʼminlandi.
Hozirda bu kabi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati