24 Mart 2022 yil 1234

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasiga ofitserlik lavozimlari uchun tanlov!

Ichki ishlar organlarida yangi tashkil etilgan inspektor-psixolog lavozimlarni munosib xodimlar bilan jamlash maqsadida ofitserlik lavozimlariga yigit va qizlar uchun dastlabki tanlovlar o‘tkazilishini eʼlon qiladi.

Xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, (shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham) oliy-pedagog, oliy-psixolog va oliy-huquqshunos maʼlumotga ega, bo‘yi 165 santimetrdan past bo‘lmagan, harbiy xizmatni o‘tagan yigitlar hamda bo‘yi 160 santimetrdan past bo‘lmagan qizlar qabul qilinadi.

Dastlabki tanlovlarda ishtirok etish uchun joriy yilning 25-mart kunidan 5-aprel kuniga qadar fuqarolik pasporti (ID-karta), diplom, harbiy guvohnoma va doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda maʼlumotnoma (086-forma) bilan hududiy ichki ishlar organlaridan ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi.

Murojaat uchun telefon: 97. 272-03-07

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech