9 Iyul 2020 yil 846

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida 39 nafar yosh xodimlar va ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv-muloqot o‘tkazildi

2020 yilning iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini kunduzgi bo‘limini turli yo‘nalishlar bo‘yicha tamomlab kelgan 39 nafar yosh xodim Andijon viloyati IIB boshlig‘ining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan turli lavozimlarga tayinlandi. Shu bilan birga ularning har biriga ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali xizmat qilib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan xizmat yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis hisoblangan 39 nafar xodimlar murabbiy etib biriktirildi. Yosh xodimlarni lavozimga tayinlash davomida ularning ota-onalari hamda ularga murabbiy etib biriktirilgan xodimlar bilan Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.D.Tasbaev ishtirokida uchrashuv-muloqot o‘tkazildi. 

Unda yosh xodimlarning kelgusida xizmat faoliyatlari davomida xizmat intizomi va qonuniylikka qat'iy rioya etishlari va fuqarolar bilan hamisha xushmuomalada bo‘lishlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berib o‘tildi. Xizmat intizomiga amal qilmasdan, qonun doirasidan chetga chiqqan ayrim xodimlarning achchiq qismatlari hayotiy misollar orqali ibrat olish maqsadida yetkazildi.  Xodimlarning ota-onalari bilan ham farzandlarini doimiy nazorat qilib borishlari to‘g‘risida atroflicha suhbat olib borildi.

Shuningdek, tayinlangan murabbiylarga kelgusida yosh xodimlarga lavozimga kirish rejasi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarini nazorat qilib borishlari, o‘ziga biriktirilgan xodimga ish tajribasi va kasb sir-asrorlarini o‘rgatishlari hamda  xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishda shaxsiy namuna ko‘rsatishlari bo‘yicha  muhim chora-tadbirlar belgilab berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech