Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha tashkil etilgan shtab aʼzolari ishtirokida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Unda Yoshlar ishlari agentligi, maʼnaviyat va maʼrifat markazi, maktabgacha va maktab taʼlimi, mahallabaay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmalari vakillari hamda oliy taʼlim muassasalarining rektorlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Muloqot davomida ishtirokchilar tomonidan 7 oy davomida voyaga yetmagan hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda viloyat xokimi o‘rinbosari N. Mo‘minov, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari I.Ismanovlar tomonidan voyaga yetmagan va yoshlar sodir etayotgan jinoyatlar xususida fikr-mulohazalar birdirilib, ularni oldini olish, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoshlarning ro‘yxatini qaytadan shakllantirish, muammosini o‘rganib, mahalla fuqarolar yig‘inidagi beshlikka taqdim etish bo‘yicha shtab aʼzolari hamda masʼullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Muhokama yakunida shtabning kelgusidagi faoliyatiga oid chora-tadbirlar belgilab olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati