24 Mart 2022 yil 1948

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasiga safdorlik lavozimlari uchun tanlov!

Ichki ishlar organlari yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida yangi tashkil etilgan haydovchi-operator lavozimlarni munosib xodimlar bilan jamlash maqsadida safdorlik lavozimlariga yigit va qizlar uchun dastlabki tanlovlar o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, (shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham) transport tizimlari, avtomobil transporti, axborot-texnologiyalari va huquqiy ta’lim sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga yoki yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lib hozirda oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’limida tahsil olayotgan shuningdek, “B” “С” toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan, bo‘yi 175 santimetrdan past bo‘lmagan, harbiy xizmatni o‘tagan yigitlar hamda bo‘yi 170 santimetrdan past bo‘lmagan qizlar qabul qilinadi.

Dastlabki tanlovlarda ishtirok etish uchun joriy yilning 25-mart kunidan 5-aprel kuniga qadar fuqarolik pasporti (ID-karta), diplom, harbiy guvohnoma va doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma
(086-forma)
bilan hududiy ichki ishlar organlaridan ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi.

Murojaat uchun telefon: 97. 272-03-07

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech