Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida giyohvandlik bilan bog‘liq bir qator holatlar aniqlandi
Joriy yilning 16-noyabr kuni viloyat IIB JQB, viloyat IIB JXX JTSB hamda Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Andijon shahrida yashovchi fuqaro I.O o‘zini shubhali tutgani uchun to‘xtatib tekshirilganida, uning eginidagi kurtkasining cho‘ntagidan jami 99,7 gramm "gashish "giyohvand moddasi borligi aniqlandi.
Shuningdek, uning yonida bo‘lgan sherigi Andijon shahrida yashovchi B.B.ning yoni ham ko‘zdan kechirilganida, 2 dona pnevmatik qurol, 1 dona o‘tkir tig‘li jism, elektron tarozi va giyohvand moddalarni isteʼmol qilishda foydalangan yelim idishlar borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati