Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari uchun navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsida spektakl namoyish etildi
Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari uchun navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsida Z.M.Bobur nomidagi Andijon musiqali drama teatrida spektakl namoyish etildi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining maʼnaviy tafakkurini yuksaltirish, tariximiz, milliy qadriyatlarimizga hurmat hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda teatrning ahamiyati katta hisoblanadi.
Shu boisdan, Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Andijon akademik litseyi oʻquvchilari eʼtiboriga Andijon viloyati musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Toʻylar muborak” nomli spektakl namoyish etildi.
Ushbu spektakl xodimlarning maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, estetik tarbiyasini kuchaytirish, ularning madaniyat va sanʼatning turli sohalariga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirishga qaratilganligi bilan yanada ahamiyatli boʻldi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati