10 Avgust 2023 yil 434

Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar targ‘ibotchisi” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar targ‘ibotchisi” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovda mustaqil boshqarma hamda barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

To‘rtta shart bo‘yicha o‘tgan tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra, Baliqchi tumani IIB boshlig‘ining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari mayor Ulug‘bek Po‘latov uchinchi, Xonobod shahar IIB boshlig‘ining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari katta leytenant Eldorbek Kirgizov ikkinchi o‘ringa loyiq topildi.

Andijon viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi komandirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari mayor Xurshidbek Yulchiyev esa faxrli 1-o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqiga yo‘llanma oldi.

G‘olib va sovrindor bo‘lgan xodimlar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning jangovar, jismoniy va kasbiy tayyorgarlik darajasini kuchaytirish, ular orasida qonunchilik va xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech