17 Iyul 2021 yil 697

Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining bir guruhiga ijara shartnomasi tuzilganligi bo‘yicha sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi  

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 8 iyundagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini uy-joy bilan taʼminlash va yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” tegishli buyrug‘i  va  shu yilning 15 iyundagi farmoyishi ijrosini taʼminlash, shuningdek, xodimlarning uy-joy va yashash sharoitlarini yana-da yaxshilash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda bu boradagi ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining shu yilning 07 iyul kungi “Ichki ishlar organlari xodimlarining uy-joy va yashash sharoitlarini o‘rganish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ishlab chiqilib, Ushbu buyruqqa asosan Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat va ijara uy-joylari ahvolini, shuningdek, foizsiz qarz so‘ragan xodimlarning yashash sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etildi.

Hozirgi kunga kelib, uy-joy maishiy komissiyasiga jami bo‘lib, 377 nafar xodimlar murojaati kelib tushgan.

Shundan ijara haq to‘lash bo‘yicha murojaat qilgan 90 nafar xodimlarning murojaatlari o‘rganilib, 9 nafar xodimlarga ijara haqlari to‘lanmoqda.

Joriy yilning 16 iyul kuni yana 12 nafar xodimga ijara shartnomasi tuzilganligi bo‘yicha boshqarma boshlig‘ining sertifikatlari Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Hozirgi kunda uy-joy maishiy komissiyasiga xodimlar tomonidan kelib tushgan murojaatlar ishchi guruh tomonidan atroflicha o‘rganilib, xodimlarning yashash sharoitlarini yana-da yaxshilash borasidagi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech