Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.T.Raxmatullayev tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xarita”ga asosan, ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy faoliyati samaradorligini, bilim saviyasini, huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yana-da yuksaltirish hamda xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya etishini taʼminlash bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Jumladan, Tashkiliy boshqarma Yuridik taʼminlash bo‘limi, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati, Boshqarma boshlig‘ining maslahatchisi va vazirlik O‘XB Andijon viloyati bo‘yicha bo‘limi tomonidan hamkorlikda 2021 yil 21 – 25 iyun kunlari Xonobod shahar, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Xo‘jaobod va Buloqboshi tuman ishchi ishlar bo‘limlari xodimlariga karantin qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulotlari davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6196-son Farmoni, 2021 yil 2 apreldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5050-son Qarori, 2021 yil 15 apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5076-son Qarori va “Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5077-son Qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.
Shuningdek, qonunchilikka kiritilayotgan oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar hamda qonunchilikdagi yangiliklar, xizmat intizomi va qonunchilikka, odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etish, kasbiy faoliyati samaradorligini taʼminlash haqida maʼlumotlar berilib, Yuridik taʼminlash bo‘limi tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali (buklet, infografika) targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Hozirda, “Yo‘l xarita” ijrosi bo‘yicha boshqa shahar - tuman ichki ishlar bo‘limlarida o‘quv-mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: