Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining huquqiy madaniyat va huquqiy ongini yana-da yuksaltirish maqsadida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
Joriy yilning 1 – 10 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘XB Andijon viloyati bo‘yicha bo‘limi va Tashkiliy boshqarma Yuridik taʼminlash bo‘limi xodimlari tomonidan hamkorlikda ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda viloyat IIB apparati shaxsiy tarkibiga hamda YHXB, PPXvaJTSB, Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB va Buloqboshi tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlariga xizmat faoliyatlari davomida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, internet ijtimoiy tarmoqlari faollari bilan mulokot qilish tartibi, uning huquqiy asoslari hamda vazifa va majburiyatlari tushuntirilib, bu yo‘nalishda qonunchilikdagi yangiliklarning mazmun-mohiyati batafsil yetkazildi.
Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlariga “Ichki ishlar organlari xodimlarini ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, internet ijtimoiy tarmoqlari faollari bilan muloqot qilish tartibi” bo‘yicha kichik broshyura shaklida tayyorlangan eslatma xizmat davomida foydalanishlari uchun tarqatildi.
Hozirda, O‘XB Andijon viloyati bo‘yicha bo‘limi va Yuridik taʼminlash bo‘limi tomonidan hamkorlikda ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati