15 Fevral 2021 yil 594

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash hamda Zahirddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlab, Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovda viloyat ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari hamda shahar tuman IIBlarda xizmat olib boryotgan eng zukko bilimdon kitobsevar yosh xodimlar qatnashishdi.

Ko‘rik-tanlov uchta shartdan iborat bo‘lib, birinchi shart “Siyosiy maʼnaviy va maʼrifiy kitoblar bilimdoni”, ikkinchi shart “Badiiy asarlar bilimdoni” hamda uchinchi shart “Sheʼriyat” deb nomlanib, tanlov ishtirokchilari o‘rtasida qizg‘in bahs kechdi. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi hamda Andijon viloyati Bolalar kutubxonasidan taklif etilgan mutaxassislar ishtirokchilarning chiqishlarini baholab borishdi.

“Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi yakuniga ko‘ra faxrli uchinchi o‘rinni Asaka tumani IIB tergov bo‘linmasi surishtiruvchisi leytenant Ikromjonov Jamshidbek Baxtiyorjon o‘g‘li, faxrli ikkinchi o‘rinni Andijon shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 3-sonli IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi katta inspektori kapitan Isayev Salohiddin Komiljon o‘g‘li, birinchi o‘rin hamda musobaqa g‘olibligini Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarma, Yuridik taʼminlash bo‘limi yetakchi yuriskonsulti kapitan No‘monov Qodirjon Boxodirjon o‘g‘li qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomi bilan tashkil etilgan tantanali tadbir davomida viloyat IIB shaxsiy tarkibi oldida boshqarma rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.   

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech