Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlarning “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrifi uyushtirildi
O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabr kungi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda ichki ishlar tizimida xizmat qilayotgan yosh xodimlarning “Vatanga va xalqqa xizmat qilish – eng oliy saodat” konseptual g‘oyasi asosida faoliyat olib borishlarini taʼminlash, shuningdek, ularda milliy vatanparvarlik ruhini kuchaytirish maqsadida Andijon davlat universitetida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrifi uyushtirildi.
Tashrif davomida yosh xodimlar muzey tarixiga oid bo‘lgan maʼlumotlarga ega bo‘lishib, vatanimiz taraqqiyoti, mustaqillik yo‘lida xizmat qilgan hamda qatag‘on qurboniga aylangan milliy ziyolilarimizning hayot yo‘li bilan yaqindan tanishdilar. Hozirda yosh xodimlar o‘rtasida vatanparvarlik ruhini kuchaytirish maqsadidagi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati