15 Aprel 2023 yil 293

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning oila aʼzolari ishtirokida "Namunali oila" ko‘rik- tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

“Sog‘lom oila-sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etish, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, dunyoqarashi va maʼnaviyatini yuksaltirish, namunali oilalarni hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida, Ichki ishlar organlarida “Naʼmunali oila” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazilishi belgilangan.

Shu munosabati bilan joriy yilning 14-aprel kuni Viloyat musiqali drama teatrida Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning oila aʼzolari ishtirokida "Namunali oila" ko‘rik- tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 8 nafar oilalar tanishtiruv, fotosuratlardan tashkil topgan oilaviy rasmlar namoyishi va badiiy adabiyotlardan savol-javob shartlari bo‘yicha bellashdilar.

Ushbu ko‘rik-tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra "Namunali ishtiroki uchun" nominatsiyasi g‘olibligiga Xo‘jaobod tumani IIB profilaktika inspektori katta leytenant Xusniddin Tillayevlar oilasi munosib ko‘rildi. Faxrli 3-o‘ringa Shahrixon tumani IIB profilaktika inspektori Farrux Ismoilovlar oilasi loyiq deb topilgan bo‘lsa, 2-o‘rin Xonobod shaxar IIB profilaktika inspektori kapitan Shoxrux Madaminovlar oilasiga nasib etdi. Ko‘rik-tanlovning mutlaq g‘olibligini Baliqchi tumani IIB profilaktika katta inspektori mayor Begzodbek Xo‘djamovlar oilasi qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech