Andijon viloyati ichki ishlar organlarining navbatchilik qismi hamda “102” tizimi xodimlari uchun hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 21-dekabr kuni viloyat IIB va shahar-tuman IIBlarining navbatchilik qismi hamda “102” tizimi xodimlari uchun 11 oylik hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda viloyat IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i podpolkovnik I.X.Ketmonov, Navbatchilik qismi boshlig‘i podpolkovnik U.T.Saliyev va “102” tizimi boshlig‘i podpolkovnik G‘.Sh.Nizomutdinovlar tomonidan navbatchilik qismi xodimlarining siyosiy va maʼnaviy bilim saviyasi, “102” tizimi orqali qabul qilingan jinoyat va hodisalarning joylardagi qayd qilish tartibi, ular yuzasidan voqea joyiga tergov-tezkor guruhlarini to‘liq tarkibda chiqishlarini taʼminlash hamda IIV tomonidan integratsiya qilinayotgan yangi tizim haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, qayd qilingan jinoyat va hodisalarni “E-material” elektron bazasiga to‘liq va sifatli kiritilishini taʼminlash, bu borada navbatchilik qismi xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, navbatchilarning xizmat faoliyati davomida uchrayotgan muammolar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati