17 Mart 2021 yil 1052

Andijon viloyati IIB 3-son tergov hibsxonasida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta eng muhim tashabbuslardan biri aynan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ular orasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilishga qaratilganligi bejiz emas. Zero, aynan mana shu kitob insonni nafaqat tarbiyalaydi, balki uni dunyoga tanitadi  va  butun hayoti davomida unga hamroh bo‘ladi.

Andijon viloyati IIB 3-son tergov hibsxonasida yosh xodimlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Kitob ko‘rgazmasida “Movarounnahr”, “Hilol-nashr”, "Yangi asr avlodi", shuningdek “Sharq” nashriyot-matbaa majmuasi va G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyining yangiliklari namoyish etildi.

Jazoni ijro etish muassasasidagi birinchi kitob ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar mahalliy va xorijiy nashriyotlarning mahsulotlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Yarmarkaga tashrif buyurgan kitobsevarlar o‘zlari uchun hali o‘qimagan qiziqarli kitoblarni sotib oldilar.

Tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasi O‘zbekistonning adabiy merosini qo‘llab-quvvatlashga, xodimlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech