Andijon viloyati IIB hamda Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Joriy yilning 14 avgust kuni Andijon viloyati IIB apparati xodimlari uchun o‘tkazilgan navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” o‘quv mashg‘ulotlari “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati o‘yingohida karantin qoidalariga amal qilingan holda tashkil etildi.
Tadbirga Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Andijon viloyati bo‘limi rahbarlari hamda boshqa bir qator mehmonlar, shuningdek, xodimlarning oila aʼzolari taklif etildi.
Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 30 iyun kungi “Ichki ishlar organlarida “Maʼnaviyat va maʼrifat darslari”ni tashkil etish to‘g‘risidagi tegishli buyrug‘i talablari asosida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Boburshunos olim, Durbek Qo‘ldosh tomonidan “Ichki ishlar organlarida kitobxonlik madaniyati” mavzusi keng yoritib berildi.
Shundan so‘ng, Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik A.Imyaminov so‘zga chiqib, xodimlarni maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini yuksaltirish borasida tomonlarning o‘zaro hamkorligini taʼminlash maqsadida, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limlari hamda O‘zbekiston Mudofasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Andijon viloyati kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolanganligi, Ushbu memorandumlar asosida hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganligi eʼtirof etildi.
Shuningdek, so‘zga chiqqan mehmonlarning ichki ishlar tizimi faoliyatiga oid fikrlari, o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalari tinglandi. Mazkur memorandum esa olib borilayotgan ishlarning yana-da jadal surʼatlarda davom etishi uchun xizmat qilishiga umid bildirildi.
Tadbirning asosiy qismida Andijon viloyati IIB hamda Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi bilan o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar Vazirining 2021 yil 15 iyuldagi “Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida “Sanʼatda havaskor isteʼdodlar” ko‘rik tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi tegishli farmoyishi talablari ijrosini taʼminlash maqsadida, Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida ushbu ko‘rik tanlovning viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Bundan tashqari, Andijon viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajarish safarbar otryadi xodimlari jinoyatchilarni qo‘lga olish davomidagi o‘zlarining tezkor harakatlari va mashaqqatli xizmatlari aks ettirilgan ko‘rgazmali chiqishlari orqali barchaning olqishlariga sazovor bo‘lishdi.
Tadbir yakunida taklif etilgan mehmonlarga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Mehmonlar ham ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishib, esdalik sovg‘alarini taqdim etdilar. Bundan tashqari xizmat faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir qator ichki ishlar xodimlari pul mukofoti va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati