25 Sentyabr 2021 yil 348

Andijon viloyati IIB hamda shahar-tuman IIB Navbatchilik qismi xodimlari uchun  o‘quv seminar mashg‘uloti  tashkil etildi

Andijon viloyati IIB raxbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-topshiriqqa muvofiq,  joriy yilning 24-25 sentyabr kunlari, viloyat IIB tizimidagi hamda shahar-tuman IIB navbatchilik qismi xodimlari uchun o‘quv seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

Ushbu mashg‘ulotda viloyat IIBning masʼul xizmat soxa rahbarlari tomonidan navbatchilik qismi xodimlarining siyosiy va maʼnaviy bilim saviyasi, jangovar va xizmat tayyorgarligi yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Xususan, ularning xizmat faoliyati davomida uchrayotgan xar-xil muammolarlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar yuzasidan  savol-javoblar o‘tkazilib, xizmatiga oid test sinovlari olindi.

Bundan tashqari, navbatchilik qismi xodimlarining jangovar va jismoniy salohiyatini sinash borasida ulardan sport sinovlari, qurol qo‘llash va undan foydalanish qoidalaridan imtixonlar olinib, yig‘ilish so‘ngida xodimlar o‘rtasida saf ko‘rigi o‘tkazildi.

 

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech