30 Aprel 2022 yil 447

Andijon viloyati IIB apparati xodimlari umumxalq xayriya hasharida ishtirok etdilar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi tegishli farmoyishi asosida joriy yilning 30 aprel kuni "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilandi. Mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida bugun mamlakatimizning barcha hududlarida "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati IIB apparati xodimlari ham ertalabdan o‘z tashabbuslari bilan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini boshlab yubordilar. Mavjud binolar atrofi, ko‘chalar obodonlashtirildi. Ekin yerlari tartibga keltirilib, begona o‘tlardan tozalandi. Daraxt va gullarga shakl berilib, manzarali gullar ekildi. Oqlash ishlari ham olib borildi. Ayni damda hashar davom etmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari yurtdoshlarimizning ahilligi, hamjihatligining yana bir yorqin namunasi bo‘lishiga shubha yo‘q.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech