Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun o‘tkazilgan navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsida bir guruh matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari bayram oldidan munosib taqdirlandilar
Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun 2021 yil 26 iyun kuni kuni “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsi o‘tkazildi. Unda dastlab, Andijon davlat universiteti katta o‘qituvchisi Muxtorov O‘tkirbekning “Yoshlar – yangi O‘zbekiston bunyodkori” mavzusidagi maʼruzasi tinglandi. Unda bugungi kun yoshlarini fidoyi, vatanparvar, ham intellektual, ham jismonan barkamol etib tarbiyalash asosiy vazifalardan biri ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami oldidan bir guruh soha fidoyilariga eʼtibor ko‘rsatildi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari polkovnik A.Imyaminov hamda podpolkovnik M.Mamatmusayevlar jurnalistlarni, nashriyot va matbaa, radio va televideniye sohasi fidoyilarini “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bilan, yaʼni kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etib, barcha xodimlarga baxt, omad, ijodiy kamolot tiladilar.
Shuningdek, ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimidagi xodimlar bilan ommaviy axborot vositalari xodimlarining o‘zaro hamkorligi hamda ichki ishlar organlari faoliyati, jamiyat va xalq oldida yoritishda qo‘shayotgan hissalari hamda mamlakatimiz qonunchiligi, uning bugungi kundagi ijrosi, fuqarolar eʼtirofi va munosabatini muvaffaqiyatli yoritib berayotganligi uchun minnatdorchilik bildirildi.
Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari televideniye, radio va gazetada faoliyat yuritayotgan jurnalistlar tomonidan ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga qaratilayotgan islohotlar va jurnalist kasbining ijtimoiy maqomi va nufuzi xodimlarining mehnatini moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar hozirgi kunda o‘z samarasini berayotganligi haqida taʼkidlab, ichki ishlar boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli huquqiy targ‘ibotlar, qonunlar targ‘ibotidagi hamkorlik yana-da mustahkam va bardavom bo‘lishini tilab o‘z fikrlarini bildirishdi.
Tadbirda ommaviy axborot vositalari xodimlariga boshqarma tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Andijon villoyati IIB Axborot xizmati