Andijon viloyati IIB boshlig‘i Asaka tumanidagi 3-sektor hududida yashovchi uyushmagan yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi
Ochiq muloqot davomida yoshlarni qiynab kelayotgan muammo va kamchiliklar muhokama etilib, joyida bartaraf etildi.
O‘g‘iloy Karimova IIB boshlig‘i bilan muloqotga onasi Saida opa bilan keldi. Sababi uning muloqot borasida muammosi bor. Uchrashuvda Saida opa qiziga noutbuk zarurati borligini bildirdi. Muammo shu yerning o‘zida hal etilib, O‘g‘iloy uyga noutbuk bilan qaytdi.
Muloqot davomida ishtirokchilarning bir guruhiga oziq-ovqat mahsulotlari hamda moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Shuningdek, jarayonda o‘qish, ishga joylashish, davolanish kabi 20 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Barcha masalalarga ijobiy yechim topildi.
14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, muammolarini bartaraf etish, kasb-hunarga o‘qitish, bandligini taʼminlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi hamda qator mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli chora-tadbirlar belgilanib, ijroga qaratildi.
Tadbir yakunida mutasaddilar imkoniyati cheklangan Irodaxon Qosimovaning holidan xabar olib, unga nogironlik aravachasini topshirdilar. Xonadon egalari bu eʼtibordan mamnun ekanliklarini bildirdilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati