Andijon viloyati IIB boshlig‘i boshchiligidagi "Ishchi guruh" Asaka tumanidagi 16-sonli ko‘zi ojiz bolalar maktab-internatiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri huzurida 2021-yil 18-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati Asaka tumanidagi 16-sonli ko‘zi ojiz bolalar uchun maktab-internatida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni bajarish bo‘yicha shaxsan boshqarma boshlig‘i rahbarligida "Ishchi guruh" tuzildi.
"Ishchi guruh" tarkibiga viloyat Ichki ishlar boshqarmasining masʼul rahbarlari, IIV Andijon akademik litseyi, viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligining Asaka tumani bo‘limi va tuman Tibbiyot birlashmasining masʼul hodimlari jalb qilingan.
Bugun, 20-yanvar kuni "Ishchi guruh" aʼzolari Asaka tumanidagi 16-sonli ko‘zi ojiz bolalar uchun maktab-internatiga tashrif buyurishib, maktab o‘quvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlari va yaratilgan moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishib, kelgusida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni muhokama qilishdi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati