13 Noyabr 2021 yil 469

Andijon viloyati IIB boshlig‘i Buloqboshi tumanida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazdi

Xalq bilan yuzma-yuz muloqotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining keng qatlami  ichiga kirish, ularning muammolarini tinglash, qonuniy huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishdir. Bu kabi ezgu va xayrli ishlarni amalga oshirish uchun, avvalo, odamlar bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak.

Ayni shu maqsadda joriy yilning 11 noyabr kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.T.Raxmatullayev tomonidan Buloqboshi tumani, Shirmonbuloq MFYda joylashgan 55-ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda ko‘plab fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning masalalari tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Ishga joylashish, davolanish uchun yo‘llanma olish, ichimlik suvi tushirish, ko‘chalarni shag‘allashtirish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi pasportini olish hamda boshqa turli masalalarda kelib tushgan ko‘plab murojaatlar joyida ijobiy hal etildi.

Shuningdek, murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib,ijrosi alohida nazoratga olindi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech