Andijon viloyati IIB boshlig‘i Xonobod shahrida yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlashga qaratilgan uchrashuv o‘tkazdi
2020 yilning 15 oktyabr kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Azat Tasbaev, Xonobod shahrida yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlashga qaratilgan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Xonobod shahar hokimligi rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xonobod shahridagi “Xalq qabulxonasi” mas'ul xodimlari, shuningdek barcha mutasaddi tashkilotlar ishtirok etdi.
Tadbirga tashrif buyurgan yoshlar va xotin-qizlar bilan bevosita ochiq muloqot qilinib, ularning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yilishi uchun keng imkoniyatlarning yaratilganligi, xotin-qizlarning gender tengligini amalda ta'minlash, ularni bandligi va ishga joylashtirish borasida keng ko‘lamdagi amaliy ishlar tashkil qilinganligi natijasida erishilayotgan natijalar haqida ham fikr bildirildi.
Uchrashuv jarayonida jami 44 nafar yoshlar va xotin-qizlardan kelib tushgan jami 50 ta murojaatlar uchrashuv jarayonining o‘zida ko‘rib chiqildi. Ularning 31 tasi qabul jarayonining o‘zida qanoatlantilidi. 1 ta murojaat bo‘yicha tushuntirish berildi.18 ta murojaatlar tegishli idoraviy qarorlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ijroga olindi va ularni qisqa muddatlarda hal etish choralari ko‘rildi.
Xususan, ishga joylashish masalasida kelib tushgan 11 ta murojaatlarning 6 tasiga yo‘llanma berilgan bo‘lsada, ularning buyruqlari olinib, murojaatni nazoratdan yechish belgilanganligi sababli qisqa muddatli nazoratga olindi.
Uchrashuv yakunidan so‘ng, Xonobod shahrining qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan Bunyodkor MFY, Buyuk zamin hamda Tong yulduzi ko‘chalariga tashrif buyurilib, ayollar va yoshlar daftarlarini shakllantirilishi bilan bog‘liq ishlar o‘rganilib, mutasaddi rahbarlar va ishchi guruhga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Jumladan, Buyuk zamin ko‘chasida yashovchi ishsiz bo‘lgan Madraximov Baxtiyor va akasi Madraximov Muhammadjonlarni ishga joylashtirish, turmush o‘rtog‘i Rejapova Shaxnozaning uyda bandligini ta'minlash choralari ko‘rildi. Yashash uyini ta'mirlashga ko‘mak ko‘rsatildi.
Shuningdek, Buyuk zamin ko‘chasida yashovchi, 3 nafar maktab yoshidagi farzandlarini tarbiyalab kelayotgan, biroq, ishsiz yurgan Ibragimov Adxamjonni “Tovuq fabrikasi”ga ishga joylashtirish masalasi hal qilindi. Gaz bolloniga ehtiyoji borligi aniqlanib, yetkazib berildi.
Bundan tashqari,Tong yulduzi ko‘chasida yashovchi, nonvoychilik qilish orqali o‘zini band qilgan Qurbonov Dilshod bilan suhbat o‘tkazildi va uning tandirini hashar yo‘li bilan boshqa joyga ko‘chirishni tashkil qilishga yordam berish bo‘yicha mahalla mutasaddilariga topshiriqlar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati