Andijon viloyati IIB boshlig‘i Xo‘jaobod tumanida yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlashga qaratilgan sayyor uchrashuv o‘tkazdi
Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Azat Tasbaev Xo‘jaobod tumani, Manak MFYdagi 3-sektor shtabida xotin-qizlar va yoshlar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Xo‘jaobod tumani hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xo‘jaobod tumanidagi “Xalq qabulxonasi” mas'ul xodimlari, shuningdek, barcha mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Sayyor uchrashuv jarayonida jami 34 nafar yoshlar va xotin-qizlardan tadbirkorlik uchun kredit olish, ishga joylashish , pasport va fuqarolik, tadbirkorlik uchun yer olish, issiqxona qurish uchun subsidiya ajratish hamda o‘qish va kontrakt to‘lash masalalari bo‘yicha kelib tushgan 39 ta murojaat uchrashuv jarayonining o‘zida ko‘rib chiqildi.
Ushbu murojaatlarning 17 tasi qabul jarayonining o‘zida qanoatlantirilgan bo‘lsa, yana 22 ta murojaat tegishli idoraviy qarorlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ijroga olindi.
Xususan,tadbirkorlik uchun kredit olish masalasida kelib tushgan 16 ta murojaatlarning 6 tasi joyida qanoatlantirildi, 10 tasi ijroga olindi.
Ishga joylashish masalasida kelib tushgan 11 ta murojaatlarning 6 tasi qanoatlantirildi, 5 tasi ijroga olindi. Fuqarolik va pasport olish masalasida kelib tushgan 4 ta murojaatlarning barchasi qanoatlantirildi.
Shuningdek, tadbirkorlik qilish uchun yer ajratish va issiqxona uchun subsidiya olish masalalarida kelib tushgan murojaatlarning barchasi ijroga olindi.
O‘qish va kontrakt masalasida kelib tushgan 1 ta murojaat joyida qanoatlantirildi.
Uchrashuv yakunida, Xo‘jaobod tumani Yangi Farg‘ona MFYda yashovchi ota-onasidan erta ajrab, hozirda buvisining qaramog‘ida qolgan 2006 yilda tug‘ilgan Ibragimova Madina Oybek qizi va 2007 yilda tug‘ilgan Ibragimova Malika Oybek qiziga moddiy yordam, o‘quv qurollari va kitoblar sovg‘a qilindi.
Shundan so‘ng, Manak ko‘chasi 63-uyda yashovchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj Otaxonova Diloromxonning yashash xonadoniga tashrif buyurilib, uning mavjud muammolari o‘rganildi hamda tegishli mutasaddi rahbarlarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, oilaning ehtiyoji uchun moddiy ko‘mak ko‘rsatildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati