7 Yanvar 2021 yil 901

Andijon viloyati IIB boshlig‘i Shahrixon tumanida keng jamoatchilik ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazdi

2020 yilning 04 yanvar kuni Shahrixon tumanida 3 nafar fuqaro tomonidan qotillik jinoyati sodir etilgan. Dastlabki tergov harakatlari natijasida olingan maʼlumotlar asosida, jinoyatning kelib chiqishi uchun sabab bo‘lgan shart-sharoitlar 7 yanvar kuni Shahrixon tumanida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida  muhokama etildi.

Unda Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.Tasbayev, Shahrixon tumani hokimi va sektor rahbarlari ishtirok etdilar. 

Muhokama yig‘ilishida mazkur jinoyatni yuzaga keltirgan shart-sharoit va omillar atroflicha tahlil qilindi. Bunda mahalla-ko‘y, ota-onalar, qo‘ni-qo‘shnilarning yoshlarni o‘z holiga tashlab qo‘ygani va oqibatda mazkur qotillik jinoyati yuzaga kelgani o‘kinch bilan taʼkidlandi. 

Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish uchun mahalla oqsoqollari, faollar va boshqa mutasaddi idoralar masʼuliyatini oshirish choralarini ko‘rish lozimligi ishtirokchilarga uqtirildi. 

Shuningdek, muhokamada ishtirok etganlar ushbu noxush holat yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalarini ochiq bayon etdilar.

Muhokama yakunida mutasaddi rahbarlar aholini jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratish hamda atrofdagi voqea-hodisalarga befarq bo‘lmaslikka chaqirdilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech