5 Iyun 2021 yil 770

Andijon viloyati IIB boshlig‘ining asakalik yoshlar bilan sayyor uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 03 iyun Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.T.Raxmatullayev Asaka tumanida yoshlar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi.

Unda Asaka tumani hokimi, sektor rahbarlari,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Asaka tumanidagi “Xalq qabulxonasi” masʼul xodimlari hamda barcha mutasaddi tashkilotlarning vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv jarayonida yoshlar va xotin-qizlardan ishga joylashish, tadbirkorlik uchun kredit va yer olish, pasport hamda yana boshqa turli masalalar bo‘yicha kelib tushgan jami 21 ta murojaat uchrashuv jarayonining o‘zida ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning 12 tasi qabul jarayonining o‘zida qanoatlantirilgan bo‘lsa, 4 tasi bo‘yicha ularning mualliflariga bevosita tushuntirish va huquqiy maʼlumotlar berish orqali hal etildi.

Tadbir jarayonida 3 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda maktablarning 11 sinf bitiruvchilaridan tarkib topgan bir guruh yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi “ID” kartalar tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, qolgan murojaatlar tegishli idoraviy qarorlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ijroga olindi va ularni qisqa muddatlarda hal etish choralari ko‘rildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech