Andijon viloyati IIB boshlig‘ining bu galgi sayyor uchrashuvi baliqchilik yoshlar va xotin-qizlar ishtirokida o‘tkazildi
Joriy yilning 01 iyul kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.T.Raxmatullayev Baliqchi tumanida yoshlar va xotin-qizlar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi. Unda Baliqchi tumani hokimi, sektor rahbarlari hamda barcha mutasaddi tashkilotlarning vakillari ishtirok etdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuv avvalida, 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida videoselektor shaklida bo‘lib o‘tgan yoshlar va talabalar forumida ilgari surilgan fikrlar, istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.
Shundan so‘ng yoshlar va xotin-qizlardan ishga joylashish, tadbirkorlik uchun kredit olish, farzandini davolatishda amaliy yordam ko‘rsatish,pasport hamda yana boshqa turli masalalar bo‘yicha kelib tushgan jami 35 ta murojaat uchrashuv jarayonining o‘zida ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning 18 tarsi qabul jarayonining o‘zida qanoatlantirilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar tegishli idoraviy qarorlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ijroga olindi va ularni qisqa muddatlarda hal etish choralari belgilandi.
Tadbir yakunida 4 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda maktablarning 11 sinf bitiruvchi yoshlariga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi “ID” kartalar tantanali ravishda topshirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati