Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi tomonidan o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgan shaxs aniqlandi
Andijon shahrida yashovchi B.R Andijon viloyati IIB “102” xizmatiga murojaat qilib, Andijon shahrida joylashgan o‘ziga tegishli bo‘lgan savdo do‘konida boshqa xaridorlar bilan savdo ishlarida chalg‘iganidan foydalanib, kurtkasining cho‘ntagida bo‘lgan 3.500.000 so‘m pullarni nomaʼlum shaxslar o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilgan.
Tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari mobaynida savdo do‘koniga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasidan olingan videotasvir, Andijon viloyati IIB EKM “Shaxsni identifikatsiya qilish tizimi” orqali tekshirilganida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgan shaxs Andijon shahrida yashovchi M.A ekanligi aniqlangan. Holat bo‘yicha fuqaro M.A.dan o‘g‘irlab ketilgan pullar xolislar ishtirokida bayonnoma orqali olingan.
Hozirda Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati