8 May 2020 yil 829

Аndijon viloyati IIB xodimlari ham Sirdaryoda toshqindan jabr koʼrgan fuqarolarga yaqindan koʼmaklashmoqda

Sirdaryo viloyati hududida sodir boʼlgan suv toshqini oqibatida, Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarining 10 ta MFYlari zararlanib, ushbu tumanlarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olishda Аndijon viloyati IIB PPX va JTSB PPX batalьonining 10 nafar xodimlari ham belgilangan yoʼnalishlarda oʼz xizmat vazifalarini olib bormoqdalar.

Xususan, fuqarolar bilan karantin qoidalariga toʼliq amal qilish toʼgʼrisida profilaktik suhbatlar oʼtkazilib,  favqulodda vaziyatdan zarar koʼrgan fuqarolarni koʼchirish, ularning yuklarini  koʼchirishda ham amaliy yordamlar koʼrsatilmoqda.

Bundan tashqari, talofat koʼrgan Sardoba tumanidagi ov-qurollari egalarining roziligi bilan vaqtinchalik saqlash uchun hududiy IIBlarga topshirilmoqda.Talofat davrida nobud boʼlgan chorvalarni aholi uylari, koʼcha va boshqa joylardan olib chiqilib,  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hodimlari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda koʼmish ishlari olib borilmoqda.

 

Аndijon viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech