5 Yanvar 2021 yil
1013
Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi
2021 yilning 02 yanvar kuni Andijon viloyat IIB JQB hamda Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan fuqaro D.Sh qo‘lga olindi.
Shu o‘rinda barcha fuqarolardan qidiruvda bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida biror maʼlumotga ega bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga xabar berishingizni so‘rab qolamiz. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati