Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi
2020 yil 6 noyabr kuni Andijon viloyati IIB TEQKB va viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan Andijon shahrida ijara asosida yashab kelayotgan 29 yoshli ayol Q.S 5-7 nafar ayollarni shahvoniy yo‘llar bilan foydalanish maqsadida yollab, jinsiy ehtiyojlarini qondirish uchun mijoz sifatida kelgan erkaklarga pul evaziga muntazam ravishda sharoit yaratib kelayotganligi haqida olingan ma'lumotlarga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 29 yoshli ayol Q.S va Andijon shahrida yashovchi 47 yoshli ayol S.N.lar o‘zaro jinoiy til biriktirishib, xolis mijozlardan oldindan jami 1.500.000 so‘m miqdoridagi pullarni olishganligi va ularga Andijon shahrida tug‘ilgan 21 yoshli qiz M.Sh hamda Jalaquduq tumanida tug‘ilgan 20 yoshli qiz E.D.lar bilan jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berishganligi holati aniqlandi.
Holat bo‘yicha o‘tkazilgan tergovga qadarli tekshiruv harakatlari davomida jami 1.500.000 so‘m miqdoridagi kimyoviy ishlov berilgan pullar daliliy ashyo tariqasida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati