1 Oktyabr 2020 yil 578

Andijon viloyati IIB xodimlari qo‘l jangi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi

Shu yilning 29-30 sentyabr' kunlari Andijon viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “Dinamo” JTSJ jamoalari o‘rtasida qo‘l jangi bo‘yicha viloyat birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

Andijon shahridagi 2-Bolalar va o‘smirlar sport maktabi majmuasida tashkil etilgan ushbu bellashuvda Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va uning bo‘linmalari tomonidan 6 ta vazn toifasida 4 ta jamoa, umumiy hisobda 50 nafardan ortiq harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirok etdilar.

Bellashuv yakunida umumjamoa hisobida viloyat IIB 1-o‘rinni, Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi 2-o‘rinni hamda Qo‘riqlash boshqarmasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Musobaqa davomida jamoalarning bir-biridan kuchliligi hamda jismonan yetukligi ularning g‘olibligi sari yetakladi. G‘oliblarning quvonchi keyingi saralash bosqichlari va musobaqalar sari intilishiga ko‘mak berishi shubhasiz.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech