Andijon viloyati IIB xodimlari o‘rtasida haftaning har seshanba va juma kunlari ommaviy sport mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabr kungi “Sog‘lom turmush-tarzini keng targ‘ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta'minlash hamda Andijon viloyati IIB shaxsiy tarkibining jismoniy tayyorgarligini yanada kuchaytirish, ular o‘rtasida turli xil sport tadbirlarini o‘tkazish orqali sog‘lom ijtimoiy-ma'naviy muhitni yuzaga keltirish maqsadida Andijon viloyati IIB xodimlari o‘rtasida haftaning har seshanba va juma kunlari ommaviy sport mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.
Sport mashg‘ulotlari davomida xodimlarning jismoniy tayyorgarligini kuchaytirish maqsadida turli xil sport musobaqalari jumladan, futbol, gandbol, armrestling, arqon tortish, to‘sinda tortinish, qisqa masofaga yugurish kabi musobaqalar karantin qoidalariga amal qilgan holda hamjihatlikda tashkil etilyapti.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati