22 Yanvar 2021 yil 842

Andijon viloyati IIB xodimlari o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.D.Tasbayev tomonidan tasdiqlangan reja-dasturga muvofiq, Tashkiliy boshqarma Yuridik taʼminlash bo‘limi xodimlari tomonidan Kadrlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning 12 – 21 yanvar kunlari shahar – tuman ichki ishlar bo‘limlari va sohaviy xizmat xodimlari o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Xususan, o‘quv mashg‘ulotlari davomida Asaka, Izboskan, Xo‘jaobod, Baliqchi, Ulug‘nor, Bo‘ston, Shahrixon, Andijon, Paxtaobod tumanlari va Xonobod shahar ichki ishlar bo‘limlari hamda viloyat IIB TEQKB, MvaFRB xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 12 yanvar kungiSud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi, Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi, Fuqarolik protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, “Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi 829-son Qarorining mazmun mohiyati va ahamiyati tushuntirib o‘tildi.

Shuningdek, IIO xodimlariga “Telegram” messenjeridagi vazirlikning “Huquqiy targ‘ibot” kanaliga obuna bo‘lish, bu orqali ichki ishlar organlariga oid yangi normativ-huquqiy hujjatlar, islohotlar va boshqa soha faoliyatiga doir yangiliklar hamda maʼlumotlar bilan tezkor tanishib borish, bilim saviyasini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.  

Hozirda, Kadrlar boshqarmasi va Yuridik taʼminlash bo‘limi xodimlari tomonidan viloyatning boshqa shahar - tuman ichki ishlar bo‘limlari va sohaviy xizmat xodimlari o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech