9 May 2020 yil 877

Аndijon viloyati IIB xodimlari urush faxriylari va xizmat vaqtida halok boʼlgan xodimlarning xonadonlariga tashrif buyurdi

"9 may – Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Andijon viloyat IIB  rahbariyati tomonidan Ikkinchi jahon urushida qatnashib, urushdan so‘ng o‘z faoliyatini Ichki ishlar organlariga bag‘ishlagan hamda xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning uylariga tashrif buyurilib, ularning holidan xabar olindi.

Tashrif chog‘ida urushda ishtirok etgan Saidahmad Isaevga Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoevning bayram tabrigi o‘qib eshittirilib, O‘zbekiston Respublikasining "Ikkinchi jahon urushida g‘alabaning 75 yilligi" hamda Rossiya Federatsiyasining “75 let pobedi v velikoy otechestvennoy voyni 1941-1945”  esdalik yubiley medallari qahramonning ko‘ksiga tantanali ravishda qadab qo‘yildi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10 million so‘m, Ichki ishlar vazirining 3 million so‘m hamda viloyat IIB va Andijon viloyati hokimining qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, vatan oldidagi burchini ado yetish chog‘ida yurtimiz ozodligi, xalqimizning bugungi tinch va osoyishta hayotini ta'minlash yo‘lida halok bo‘lgan mard va jasur o‘g‘lonlarning oila a'zolari holidan  ham xabar olinib, ularga moddiy va ma'naviy  ko‘mak berildi.   

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech