3 Dekabr 2020 yil 609

Andijon viloyati IIB xodimlari va ularning turmush o‘rtog‘lari ishtirokida tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Andijon viloyatiga “Yangi O‘zbekiston - yangicha dunyoqarash” shiori ostida ma'naviy - ma'rifiy tadbirlar doirasida tashrif buyurgan yuridik fanlari doktori, professor Matkarimova Gulchexra Abdusamatovna viloyat IIB xodimlari va ularning turmush o‘rtoqlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.  

Ushbu uchrashuvda “Oila turmush doirasidagi ahloq odob qoidalari, tarbiyada ona ro‘li, xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida gender tengligi” hamda ichki ishlar organlari xodimlarini tarbiyalash, bilim saviyasini oshirish, ularni xalq orasidagi obro‘sini mustahkamlash borasidagi tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan ma'ruzasi tinglandi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Teshabaeva Munojatxon Tursunbaevna tomonidan ijro etilgan dil tortar qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Huddu shu kabi tadbir O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha qo‘shinlari Andijon xalqaro aeroportida xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha alohida  batal'oni (7255-sonli qarbiy qism) xodimlari ishtirokida ham bo‘lib o‘tdi.

Unda xodimlarning oila turmush doirasidagi  munosabatlarga alohida e'tibor qaratishlari kerakligi, Shu bilan birga, otaning farzand oldidagi qonuniy burchlari, farzandini moddiy ta'minlash, uning tarbiyasi bilan shug‘ullanish va bosh­qa majburiyatlari alohida qayd etib o‘tildi.

Hozirda Andijon viloyati IIB xodimlari o‘rtasida bu boradagi ma'naviy – ma'rifiy, madaniy tadbirlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech