2 Dekabr 2020 yil 599

Andijon viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Andijon viloyati hududida bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarini oldini olish hamda bolalarga bog‘cha yoshidanoq yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatib borish maqsadida Andijon shahrida joylashgan "Bilimdonlar akademiyasi" tarbiyalanuvchilari ishtirokida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida bolalarga yo‘llarda xavfsiz harakatlanish ko‘nikmalarini oshirish uchun maxsus tayyorlangan slayd orqali tushunchalar berildi.

Shu bilan birga tarqatilgan "Avto hamroh" jurnalining maxsus ilovasi tarbiyalanuvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu kabi targ‘ibot tadbirlari joylarda davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech