7 Fevral 2022 yil 436

Andijon viloyati IIB Kasbiy tayyorgarlik bo‘limi tashabbusi bilan uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning “Vorkaut” turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabr kungi PF-6099 son Farmoniga asosan Andijon viloyati IIB hududida 2022 yilning 6 fevral kuni Andijon, Buloqboshi, Xo‘jaobod, Shahrixon tumanlarida uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning “Vorkaut” turi bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi.

Dastlab, sport musobaqalarida ishtirok etayotgan yoshlarga jamiyatda inson salomatligini mustahkamlashda sportning o‘rni beqiyos ekanligi, bugungi   kunda sport davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi bo‘yicha aniq misollar yordamida  atroflicha tushunchalar berildi.

Bundan tashqari, barcha rivojlangan davlatlarda “Vorkaut” sport turi keng ommalashib borayotganligi, ushbu sport turida tana chiniqishi va turli xil og‘ir turdagi kasalliklarga chalinishining oldini olishi to‘g‘risida ham kerakli maʼlumotlar yetkazildi.  

Musobaqa turnikka tortilish, brus mashqlarini amalga oshirish hamda tosh ko‘tarish yo‘nalishlarida amalga oshirildi.

Hozirda bu kabi sport musobaqalarining o‘tkazilishi Andijon viloyatining barcha shahar-tumanlarida tashkillashtirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech