10 Dekabr 2020 yil 737

Andijon viloyati IIB kinologiya xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi xizmat itlari yordamida 100 dan ortiq jinoyatlarning ochilishiga erishildi

It-vafodor do‘st va yordamchi bo‘lib, inson yonida minglab yillarlardan buyon yashab kelmoqda. U ov qilishda, qo‘y podalarni boqishda, ombor xonalarni qo‘riqlashda, bugungi kunda esa jinoyatchilarni va giyohvandlarni topishda  hamda boshqa muhim ishlarda  ham katta yordam berib kelmoqda.

2020 yilning o‘tgan 11 oyi davomida Andijon viloyati IIB Kinologiya xizmati xodimlarining  600 dan ortiq profilaktik tadbirlarga xamda 200 dan ortiq jinoyat qidiruv yo‘nalishda sodir bo‘lgan voqea joylariga tezkor-tergov guruhi tarkibida o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari bilan chiqishlari ta'minlangan. Buning natijasida 100 dan ortiq jinoyatlarning ochilishiga erishilgan. Xizmat itlari yordamida “Qoradori-2020” profilaktik tadbirlari davomida 30 dan ortiq giyohvand moddalarini saqlash holatlari aniqlangan.

Hozirda Andijon viloati IIB kinologiya xizmatlarida nemis, Belgiya, sharqiy yevropa ovcharkalari, labrador hamda spaniel' zotli itlardan foydalanib kelinmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech