24 Iyul 2023 yil 438

Andijon viloyati IIB odam savdosiga qarshi kurashish bo‘linmasi xodimlari va hududiy komissiya aʼzolari hamkorligida chegara-bojxona postlarida targ‘ibot o‘tkazildi

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyasi hamda Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy–axborot markazi Andijon viloyati bo‘limi hamkorligida “30 kun–hamkorlikda odam savdosiga qarshi kurashish oyligi” doirasida keng qamrovdagi targ‘ibot – tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Xususan, viloyat IIB odam savdosiga qarshi kurashish bo‘linmasi xodimlari tomonidan Qirg‘iziston Respbulikasi bilan chegardosh hudud bo‘lgan Paxtaobod tumanidagi “Madaniyat” va Xo‘jaobod tumanidagi “Do‘stlik” chegara-bojxona postlarida  “Odam savdosini to‘xtatamiz”, “Odam savdosidan ogoh bo‘ling” shiorlari ostida fuqarolar bilan muloqotlar o‘tkazilib, odam savdosi va uning qurboniga aylangan insonlarni ayanchli qismatiga oid maʼlumotlar  berildi. Shuningdek, aholi o‘rtasida ogohlikka oid buklet, tavsiyanoma, broshyura va boshqa targ‘ibot materiallari tarqatildi.

 Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech