Andijon viloyati IIB HPB tomonidan 2022-yil davomida xotin-qizlar bilan yangicha ishlash bo‘yicha ishga tushirilgan qo‘shma dasturga asosan Xonobod shahrida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
“Andijon viloyatida 2022-yil davomida xotin-qizlar bilan yangicha ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash, oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy, ruhiy muhit barqarorligini mustahkamlash, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikka sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma dastur” ijrosini to‘la va sifatli taʼminlash maqsadida shahar-tumanlarda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik G.Abduvohidova hamda viloyat ishchi guruhi tomonidan Xonobod shahar hokimligi majlislar zalida shahar ishchi guruhi, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining o‘rinbosarlariga qo‘shma-dastur mazmun-mohiyati, aholi o‘rtasida olib boriladigan targ‘ibot ishlarini tashkil qilish, aholining muammoli qatlamlari bilan ishlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Shundan so‘ng, qo‘shma dasturda belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda targ‘ibot ishlarini olib borishga kirishildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati