26 Yanvar 2021 yil 631

Andijon viloyati IIB HPB quyi tizimlarida xizmat qilib kelayotgan xodimlarning bilim saviyasini oshirishga qaratilgan 3-o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi  

Andijon viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan haftaning har shanba kunlari Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi quyi tizimlarida xizmat qilib kelayotgan xodimlarning bilim saviyasini hamda kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha mintaqalarga ajratilgan holda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, 2021 yil 23 yanvar kuni Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi quyi tizimlarida xizmat qilib kelayotgan xodimlarning 110 nafariga 3-o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, profilaktik hisobdagi shaxslar bilan ishlash, bu borada jamoatchilik, mutasaddi tashkilot va idoralar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarni hal etish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tushunchalar berilyapti.

Eʼtiborli tomoni kunning birinchi yarimida mutaxassislar tomonidan berilgan bilimlar, kunning ikkinchi yarimidagi savol-javob va jonli davra suhbatlarida yanada mustahkamlanmoqda.

Xodimlarning bilim saviyasini yuksaltirish, kasbiy mahoratini oshirish borasidagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech