9 Oktyabr 2021 yil 449

Andijon viloyati IIB PPX va JTSB karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi hamda qator mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari olib borilmoqda  

Andijon viloyati IIB PPX va JTSB karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi hamda qator mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda viloyatning shahar-tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan oziq-ovqat bozorlari va ularning shoxobchalarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligi hamda veterinariya-sanitariya qoidalari normalariga amal qilinishini taʼminlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida tadbirkorlar tomonidan fuqarolarga sifatsiz va isteʼmolga yaroqsiz mahsulotlarni sotmaslik, fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Andijon viloyatining barcha shahar-tumanlarida joylashgan bozorlarda sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini fuqarolarga sotilishini oldi olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech