Andijon viloyati IIB PPX va JTSB xodimlari tomonidan “Zarbdor o‘n kun” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda
Joriy yilning 1-noyabr kuni Andijon viloyati IIB PPX va JTSB xodimlari tomonidan “Zarbdor o‘n kun” tezkor profilaktik tadbiri doirasida Andijon tumani hududidagi taʼlim muassasalari, umumiy ovqatlanish joylari, korxona va tashkilotlar hamda boshqa obyektlar tekshirilib, ularning belgilangan vaqtda berkitilishi, tig‘li buyumlarni ochiq holatda saqlanmasligi, xar-xil shubhali holatlarda zudlik bilan hududiy profilaktika inspektorlariga xabar berishlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida Andijon tumani shaharlararo qatnovchi avtomashinalar avtoturargohlarida haydovchilar o‘rtasida “Tig‘” tadbiri o‘tkazilib, o‘tkir tig‘li jismlarni bemaqsad olib yurmasliklari, haydovchilarning navbat talashib janjal chiqarmasliklari bo‘yicha ogohlantirish ishlari amalga oshirildi.
Andijon tumani hududida muqaddam sudlanganligi bo‘yicha hisobda turgan shaxslar va mahkumlar bilan profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Bir nafar fuqarodan tig‘li predmet olinib, hududiy profilaktika inspektoriga tegishli tartibda chora ko‘rishlik uchun topshirildi.
Tezkor-profilaktik tadbirlar davomida xodimlar tomonidan olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida Andijon tumani Oqrovvot MFYda yashovchi fuqaro Aysakov Akromjon yashash xonadonida taʼmirlash ishlari olib borayotgan vaqtida yerto‘lasidagi temir buyumlar orasidan №84715 raqamli ov qurolini topib olib, ixtiyoriy ravishda tuman IIB xodimlariga topshirgan.
Shuningdek, Andijon tumani, Zavroq MFYda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1852–moddasi va 1853-moddalari bo‘yicha bemaqsad pichoq va shunga o‘xshagan predmetlar olib yurmaslik, foydalanilayotgan pichoqlariga hushyor bo‘lishlik, pichoqlarni begona shaxslarga bermaslik yuzasidan “TIG‘” profilaktik tadbirlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Hozirda Andijon tumanida “Zarbdor o‘n kunlik” tezkor-profilaktik tadbiri doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati