29 Dekabr 2022 yil 48

Andijon viloyati IIB rahbariyati tashabbusi bilan ichki ishlar xodimlari va ishchi xizmatchilar uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi

Yangi yil bayrami munosabati bilan bugun 29-dekabr kuni Andijon viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasida ichki ishlar xodimlari va  ishchi xizmatchilar oila aʼzolari  uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada go‘sht, baliq, sut hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, turfa xil shirinliklar arzonlashtirilgan naxlarda sotildi.  Mahsulotlarning sifati va hamkor korxonalar tomonidan peshma-pesh yetkazilayotgani  xodimlarga qulaylik yaratdi. 

Tashkil etilgan yarmarkada xodimlar oilasi uchun barcha kerakli bo‘lgan mahsulotlarni xarid qildilar. 

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech