Andijon viloyati IIB shaxsiy tarkibi uchun 2021 yildagi ilk “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsi “Kim vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” mavzusida bo‘lib o‘tdi
Andijon viloyati IIB shaxsiy tarkibi uchun 2021 yil 09 yanvar kuni “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsi o‘tkazildi. Unda dastlab, Andijon davlat universiteti katta o‘qituvchisi Xudoyorov Noyibjonning “Kim vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” mavzusidagi maʼruzasi tinglandi. Unda vatanparvarlik, vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ulari hayotiy va taʼsirchan misollar orqali yig‘ilganlarga tushuntirib o‘tildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston-24” telekanali orqali efirga uzatilib, yurtimizda hafta davomida amalga oshirilgan eʼtiborga molik ishlar tafsilotiga bag‘ishlangan “TAHLILNOMA” ko‘rsatuvi namoyish etildi.
Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirining tegishli buyruq talablari asosida tayyorlangan videorolik ham namoyish etildi.
“Maʼnaviyat va maʼrifat” darsi so‘ngida Ichki ishlar vaziri hamda boshqarma boshlig‘ining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘lari bilan bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar tantanali ravishda topshirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati