13 Dekabr 2021 yil
475
Andijon viloyati IIB TvaEQKB hamda boshqa huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan 54 million so‘mga teng bo‘lgan noqonuniy pirotexnika vositalari aniqlandi
Joriy yilning 12-dekabr kuni Andijon viloyati IIB TEQKB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida Farg‘ona viloyatida yashovchi fuqaro A.S boshkaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina Asaka shahrida to‘xtatilib tekshirilganda, uning salonida jami 54 million so‘mga teng bo‘lgan 108 dona “7D” nomli salyutlar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati