4 Fevral 2021 yil 669

Andijon viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi shifokorlari o‘rtasida “Sog‘lom turmush tarzi tamoyillari” mavzusida  seminar-trening o‘tkazildi  

O‘zbekiston Respublikasi IIV Tibbiyot boshqarmasining bir guruh mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 noyabrdagi “Aholining sog‘lom ovqatlanishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qarori va IIVning 2020 yil 24-dekabrdagi “Ichki ishlar organlarida sog‘lom turmush tarzini tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i talablari ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi shifokorlari o‘rtasida “Sog‘lom turmush tarzi tamoyillari” mavzusida  seminar-trening o‘tkazildi.  

Tadbirda sog‘lom turmush tarziga rioya etish, to‘g‘ri va oqilona ovqatlanish, semizlikka olib keluvchi omillar, semizlikning og‘ir oqibatlari, tamaki va spirtli mahsulotlar isteʼmol qilishning salbiy oqibatlari hamda jismoniy tarbiyaning sog‘lom turmush tarzidagi roli mavzularida maʼruzalar qilindi.

Seminar-trening yakunida tibbiyot bo‘limi shifokorlariga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi eslatmalar, bukletlar va videoroliklar taqdim etildi. 

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati   

 

Text to speech