26 Aprel 2020 yil
944
Аndijon viloyati IIB tomonidan 101 million soʼm pul mablagʼlari “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmalariga topshirildi
Hozirgi koronavirus pandemiyasi va karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj, koʼp farzandli oilalarga, nogironligi boʼlgan shaxslarga va yolgʼiz qariyalarga, oʼz daromadini yoʼqotgan vaqtincha ishsiz boʼlgan shaxslarga yordam koʼrsatish maqsadida, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Saxovat va koʼmak” umumxalq harakati yoʼlga qoʼyildi.
Ushbu tashabbusni qoʼllab-quvvatlagan holda, bugungi kunda Аndijon viloyati IIB shaxsiy tarkibi tomonidan ihtiyoriy ravishda 101 million soʼm pul mablagʼlari toʼplanib, boshqarma rahbariyati tomonidan Boʼston va Ulugʼnor tumanlarining “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmalariga topshirildi.
Аndijon viloyati IIB Аxborot xizmati